Angliya terma jamoasiga chaqiruv olgan 4 nafar futbolchi mundialda qatnashmaydi biroq jamoa bilan mashg‘ulotlarni davom ettiradi
Ular ham inglizlar bilan to‘laqonli yig‘in o‘tkazishadi.
Angliya terma jamoasi jahon chempionati uchun 30 nafar futbolchini AQSHga olib ketgan edi va ulardan 4 nafari mundialda ishtirok etmaydi.
"Uch sherlar"ning yakuniy qaydnomasidan tushib qolgan, Aleks Skott, Joshua King, Rio Ngumoa va Itan Nvanerilar jahon chempionatida ishtirok etmasa-da, terma jamoa bilan mashg‘ulotlarni davom ettiradi. Ular ham inglizlar bilan to‘laqonli yig‘in o‘tkazishadi.
Angliya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Xorvatiya, Panama va Gana terma jamoalari bilan bahs olib boradi.
Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialda inglizlar turnir finalchisi Fransiya terma jamoasiga chorak finalda imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashgan edi.