Ğözapoyadan bioçar: qöşimça daromad va tuproq unumdorligini oşiriş imkoniyati
Paxta hosili yiğib olingaç, dalada qoladigan ğözapoyadan samarali foydalaniş qişloq xöjaligida qöşimça daromad manbaini yaratiş va tuproq unumdorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada ğözapoyani zamonaviy texnologiyalar asosida bioçarga aylantiriş istiqbolli yönalişlardan biri hisoblanadi.
Özbekiston fermerlari kengaşi fermer va dehqonlarga yöllagan murojaatida ğözapoyani çiqindi sifatida emas, balki iqtisodiy qiymatga ega xomaşyo sifatida baholaşga çaqirdi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda qişloq xöjaligida faqat hosil yetiştirişning özi kifoya qilmaydi. Yer unumdorligini oşiriş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, işlab çiqariş xarajatlarini kamaytiriş va mavjud imkoniyatlardan qöşimça daromad oliş tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Şu nuqtai nazardan, paxtaçilikda hosil yiğim-terimidan keyin qoladigan ğözapoyadan bioçar işlab çiqarişni yölga qöyiş ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan manfaatlidir.
Bioçar — ösimlik qoldiqlari va boşqa organik xomaşyoni kislorod çeklangan şaroitda yuqori haroratda qayta işlaş orqali olinadigan uglerodga boy mahsulot. Uni ğözapoya, daraxt şoxlari, somon, kungaboqar poyasi va boşqa organik qoldiqlardan tayyorlaş mumkin.
Mutaxassislar taʼkidlaşiça, bioçar tuproqqa qöşilganda uning fizik xususiyatlarini yaxşilaş, namlikni saqlaş qobiliyatini oşiriş va mikroorganizmlar faoliyati uçun qulay muhit yaratişga yordam beradi. Ayniqsa, gumus va ozuqa elementlari kam bölgan yerlarda uning qöllanilişi ijobiy samara berişi mumkin.
Şuningdek, bioçarning ğovak tuzilişi tuproqda havo almaşinuvini yaxşilaş, ösimlik ildizlarining rivojlanişi uçun qulay şaroit yaratiş hamda ayrim ozuqa elementlarining tuproqda saqlanişiga kömaklaşadi. Uglerodga boy barqaror mahsulot sifatida esa tuproqda uglerod zaxirasini oşiriş imkonini beradi.
Murojaatda paxtaçilikda erişilayotgan natijalar va kelgusidagi vazifalarga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, Prezidentimiz paxtaçilik sohasida mehnat qilayotgan fermerlar, dehqonlar va klasterlarni Yangi Özbekiston tarixida ilk bor 5 million tonnadan ziyod paxta hosili yetiştirilgani bilan qutlab, soha vakillariga yuksak muvaffaqiyatlar tilagan edi.
Davlatimiz rahbari qutlovida uşbu natijaga erişişda qişloq xöjaligiga qaratilayotgan eʼtibor, dehqon va fermerlarning mehnatdan manfaatdorligi hamda ertangi kunga işonçi muhim omil bölgani qayd etildi.
Kelgusi yilda esa serhosil uruğlik navlaridan foydalaniş, agrodronlar orqali işlov beriş, suv va energiya tejovçi texnologiyalar, sunʼiy intellekt imkoniyatlarini keng joriy etiş orqali paxta hosildorligini örtaça 65–70 sentnerga yetkaziş vazifasi belgilangan.
Bunday maqsadlarga erişişda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş bilan birga, hosildan keyin qoladigan xomaşyodan ham samarali foydalaniş muhimdir. Zero, ğözapoyani qayta işlaş orqali qöşimça mahsulot işlab çiqariş, yangi tadbirkorlik yönalişlarini rivojlantiriş va qişloq joylarda qöşimça iş örinlari yaratiş mumkin.
Özbekiston fermerlari kengaşi murojaatida bioçar tayyorlaşning amaliy jihatlariga ham töxtalib ötilgan. Unda ğözapoya va boşqa quruq ösimlik qoldiqlarini yiğiş, maxsus joyda kislorod çeklangan şaroitda qayta işlaş, jarayonni nazorat qiliş hamda tayyor mahsulotni xavfsiz sovitiş va yiğib oliş bosqiçlari bayon etilgan.
Bu borada Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan bioçar, jivamrit va bokaşidan foydalaniş böyiça işlab çiqilgan amaliy qöllanmadan foydalaniş tavsiya etilmoqda. Bioçar tayyorlaş jarayonida yonğin xavfsizligi va ekologik talablarga qatʼiy rioya etiş, şuningdek, xomaşyo sifatiga eʼtibor qaratiş muhim.
Umuman olganda, ğözapoyadan bioçar işlab çiqariş qişloq xöjaligida resurslardan oqilona foydalaniş, organik qoldiqlarni iqtisodiy qiymatga ega mahsulotga aylantiriş va tuproq unumdorligini oşirişga xizmat qiladigan yönalişdir.
Özbekiston fermerlari kengaşi fermer va dehqonlarni uşbu imkoniyatdan samarali foydalanişga, soha mutaxassislari bilan hamkorlikda işlarni taşkil etişga çaqirmoqda.
ÖzA