Golden Boy-2026 sovrinining asosiy favoriti ma'lum
Golden Boy-2026 mukofoti 26-oktabr kuni Londonda topshiriladi.
«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi 2026-yilgi Golden Boy mukofoti uchun asosiy da’vogarlardan iborat reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar berdi.
Yangilangan reytingda 19 yoshli Kubarsi jamoadoshi Lamin Yamalni 700 ochkoga ortda qoldirmoqda. Yamal 2024-yilda ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan.
Uchinchi o‘rinda esa Madridning «Real» klubiga yangi qo‘shilgan Yan Diomande bormoqda.
Eng ko‘p iqtidorli futbolchilar Angliya chempionatida — 26 nafar. Top-100 reytingida esa eng ko‘p vakil «Portu» klubidan — 5 futbolchi.
Golden Boy-2026 mukofoti 26-oktabr kuni Londonda topshiriladi. Sovringa 2006-yilda va undan keyin tug‘ilgan, Yevropaning 25 ta eng kuchli chempionatida faoliyat yuritayotgan futbolchilar da’vogarlik qilmoqda.