Gimnastikachilarimiz Milanga yo‘l oldi
Italiyaning Milan shahri 10–12-iyul kunlari badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib boradi.
Nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi yakkalik va guruh mashqlari dasturlarida ishtirok etadi.
Terma jamoa tarkibiga yakkalik dasturida Taxmina Ikromova va Lola Jo‘rayeva chiqish qilsa, guruh mashqlarida Fotima El-Sankari, Milana Safina, Irodaxon Sodiqova, Mishel Nesterova, Diana Hakimova hamda Sofiya Usova yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Jahon kubogi bahslarida xalqaro toifadagi hakam Sevar Karimova ham hakamlik qiladi. Darvoqe, gimnastikachilarimizni musobaqaga Liliya Vlasova, Inara Zabrodina-Sattarova va Mayya Filippova tayyorlagan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA