Gimnastikachilarimiz kuchli yettilikda
Badiiy gimnastika bo‘yicha Bolgariyada yakunlangan jahon chempionati mamlakatimiz sportchilari uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
Eng avvalo, terma jamoamiz a’zolari yakkalikda kelgusi yili "Parij-2024" olimpiadasi yo‘llanmalari o‘ynaladigan jahon birinchiligi uchun ikkita imkoniyatli bahslarda qatnashish huquqiga ega chiqdi. Shuningdek, kuchli jamoalar orasida o‘tadigan guruh musobaqalarida qatnashish imkoniyatiga ega chiqdi.
Bu galgi chempionat musobaqalarida O‘zbekiston gimnastikachilari umumjamoada 7-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida 60 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA