Germaniya: Bosh razvedkachi josus bo‘lib chiqdimi?
"Bild" gazetasi xabar berishicha, Germaniya Federal razvedka xizmati – BND sobiq direktori August Xanning josuslikda gumon qilinib hibsga olindi. U davlat sirini to‘plash, davlatga xiyonat qilish va xorijiy kuch uchun josuslik qilishda ayblanmoqda.
Manbaga ko‘ra, Xanning BNDning yaqinda nafaqaga chiqqan yuqori lavozimli xodimidan maxfiy ma’lumotni qayta sotish uchun xarid qilgan.
– Ayni payt Federal Bosh prokuror gumondor va uning sherigini tergov qilmoqda, – deyilgan xabarda.
Xanning xalqaro miqyosda xavfsizlik va biznes sohalarida maslahatchi sifatida ishlagan. Shuningdek, Rossiya va Xitoy davlat idoralari bilan aloqaga ega ekan. Yaqinda Boltiq bo‘yi davlatlaridagi o‘zi kuzatuv kengashida ishlagan bir bank tanazzulga uchragani tufayli moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan. U 1998-2005-yillar Federal razvedka xizmati rahbari edi.
GFRdagi yana bir nashr – “Der Spiegel” sobiq razvedka mulozimi Xitoy razvedkasi bilan aloqadorlikda gumonlanib, tergov qilinayotganini yozdi.
Tergovchilar mahbus ilgari Xitoyning Germaniyadagi harbiy attashesi bo‘lib ishlagan general-mayor Van Jian Jenga maxfiy ma’lumot berishi bilan bog‘liq farazni tekshirmoqda. Bu ikki shaxs ko‘p yil davomida aloqada bo‘lib turgan, jumladan Chin yurtida uchrashuv va qo‘shma loyihalarda ishtirok etgani aniqlangan.
Prokurorlar so‘ziga ko‘ra, hibsga olingan Xanningga sobiq bosh shtab boshlig‘i aksari maxfiy hisoblangan taxminan 2000 ichki BND hujjatini topshirgan. Agentlik sobiq rahbari ushbu materiallardan shaxsiy konsalting ishida foydalangan, deya taxmin qilinmoqda.
S.Rahimov, O‘zA