Gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş böyiça 900,3 milliard sömlik zarar aniqlandi
Bugun Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida “Yoqilği-energetika sohasida davlat nazorati hamda qiş mavsumini betalafot ötkaziş” mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.
Unda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği Ahadxon Isoqjonov iştirok etib, sohada amalga oşirilayotgan işlar, davlat nazorati tadbirlari natijalari, energiya resurslaridan samarali foydalaniş hamda isteʼmolçilar manfaatlarini himoya qiliş borasida maʼlumot berdi.

Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, joriy yilda “Özenergoinspeksiya” tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq 3 ming 60 ta holat aniqlangan. Jumladan, 144,3 million kub metr tabiiy gaz va 243,1 million kilovatt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari qayd etilgan. Buning natijasida davlat manfaatlariga jami 900,3 milliard söm zarar yetkazilgani maʼlum qilindi.
Şuningdek, neft mahsulotlari sifatini nazorat qiliş jarayonida 330 ta holatda jami 7 828,3 tonna sifatsiz neft mahsuloti aniqlanib, ularning sotuvga çiqarilişining oldi olingan.
Isteʼmolçilar, xususan, tadbirkorlik subʼektlari manfaatlarini himoya qiliş yönalişida ham amaliy işlar olib borilmoqda. Joriy yilda 283 ta tadbirkorlik subʼektining hisob-kitoblari qayta körib çiqilib, elektr energiyasi uçun ortiqça hisoblangan 5 milliard 321 million söm hamda tabiiy gaz uçun 19 milliard 84 million söm, jami 24 milliard 405 million söm qayta hisob-kitob qilindi. Natijada tadbirkorlarning huquq va manfaatlari tiklandi.

Energiya tejamkorlik masalasiga töxtalar ekan, Ahadxon Isoqjonov joriy yilda majburiy energiya auditi ötkazilişi belgilangan 299 ta isteʼmolçidan 213 tasida audit işlari töliq yakunlanganini maʼlum qildi.
– Audit natijalari asosida 1 ming 840 ta energiya tejamkorlik çora-tadbiri işlab çiqilgan bölib, ularni amalga oşiriş orqali 208 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 125 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qiliş kutilmoqda. Şu bilan birga, 3 854 ta isteʼmolçida reaktiv energiyani kompensatsiya qiliş qurilmalari örnatilişi taʼminlanib, buning natijasida 28,2 million kilovatt-soat elektr energiyasi tejaldi.
Elektr energetika tizimida xavfsizlikni taʼminlaş borasida yil davomida 366-marta örganiş ötkazilgan. Aniqlangan kamçiliklar sababli 168 ta brigadaning işi töxtatilib, 121 nafar masʼul xodimga nisbatan intizomiy çoralar qöllanilgan, – deya taʼkidladi A.Isoqjonov.

Inspeksiya faoliyatida korrupsiyaga qarşi kuraşiş va xodimlar masʼuliyatini oşiriş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hududiy boşqarmalar faoliyatini örganiş natijasida qöpol kamçiliklarga yöl qöygan 6 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan, 20 nafar xodimga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo çorasi qöllanilgan.
Matbuot anjumani yakunida mutasaddilar jurnalistlarning savollariga atrofliça javob berib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tuşuntirişlar berdi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA