Gaz taʼminotida xavfsizlik va şaffoflik — muhim mezon
Bugungi kunda aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlaş, ayniqsa, kuz-qiş mavsumini betalafot va barqaror ötkaziş energetika sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu jarayonda nafaqat yoqilği mahsulotlarining yetarli zaxirasini şakllantiriş, balki ularni isteʼmolçilarga öz vaqtida, xavfsiz va belgilangan tartibda yetkazib beriş ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan aholi turmuş farovonligini oşiriş, energetika resurslari taʼminotida barqarorlikni taʼminlaş, sohada qonuniylik va intizomni mustahkamlaşga qaratilayotgan eʼtibor bu boradagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqmoqda. Zero, gaz taʼminotidagi har bir böğinning aniq va samarali işlaşi, avvalo, xonadonlardagi osoyiştalik va aholi roziligiga xizmat qiladi.
Şu maqsadda “Hududgaztaʼminot” AJ taʼsisçiligida taşkil etilgan “LPG Trade” masʼuliyati çeklangan jamiyati hamda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Qöriqlaş departamenti rahbariyati va masʼul xodimlari Gazlidagi Gazni qayta işlaş zavodi tasarrufidagi suyultirilgan gazni saqlaş va yuklaş omborida bölib, mavjud imkoniyatlar hamda taʼminot jarayonlarini örgandilar.
Örganişlar davomida Buxoro viloyatida kuz-qiş mavsumini uyuşqoqlik bilan ötkaziş, aholi ehtiyoji uçun ajratilayotgan suyultirilgan gazni belgilangan muddatlarda yetkazib beriş, uni saqlaş va taşiş jarayonlarida xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, isteʼmolçilar uçun ajratilgan yoqilği mahsulotlarining harakati ustidan samarali nazorat örnatiş, taʼminot jarayonida talon-torojlik va boşqa qonunbuziliş holatlariga yöl qöymaslik, yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarni öz vaqtida aniqlab, ularning yeçimi yuzasidan aniq çoralar köriş zarurligi taʼkidlandi.
Ayniqsa, gaz ballonlarini isteʼmolçilarga yetkazib berişda xavfsizlik qoidalariga amal qiliş, har bir mahsulotning belgilangan manzilga töliq yetib borişini taʼminlaş va masʼul xodimlarning javobgarligini oşiriş muhim vazifalar sifatida qayd etildi.
“Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida olib borilayotgan işlar ham aynan şu maqsadlarga qaratilgan. Bunda huquqbuzarliklarning oldini oliş, yoqilği mahsulotlarining noqonuniy aylanişiga barham beriş, taʼminot tizimida tartib va intizomni mustahkamlaş böyiça amaliy çoralar körilmoqda.

Muhimi, gaz taʼminotida xavfsizlik va şaffoflikni taʼminlaş faqat mavsumiy vazifa emas. Bu aholi manfaatlarini himoya qiliş, davlat resurslaridan oqilona foydalaniş va tizimga bölgan işonçni mustahkamlaşning muhim şartidir. Har bir xonadonga ajratilgan gazning öz vaqtida va bexatar yetib borişi esa amalga oşirilayotgan islohotlarning inson hayotidagi aniq ifodasidir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri