Aeroportda xizmat körsatiş yanada takomillaşmoqda
Navoiy xalqaro aeroportida texnik salohiyatni oşiriş, xizmat körsatiş jarayonlarini yanada takomillaştiriş yölida navbatdagi yangilanişlar amalga oşirilmoqda.
Ayni kunlarda aeroportning operatsion faoliyat böyiça direktor örinbosari Eldor Norbötayev boşçiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bölib, aeroport faoliyati uçun xarid qilinayotgan zamonaviy maxsus texnikalar bilan tanişmoqda.

Uşbu texnikalar orasida ASU (Air Start Unit) qurilmasi ham bor. Mazkur uskuna havo kemalarining dvigatellarini işga tuşiriş uçun zarur bölgan yuqori bosimli siqilgan havo bilan taʼminlaydi. Ayniqsa, bortdagi yordamçi quvvat qurilmasidan foydalaniş imkoni bölmagan hollarda ASU dvigatelni işga tuşiriş jarayonida muhim vazifani bajaradi.
Bir neça kun içida uşbu zamonaviy texnikalar Navoiy xalqaro aeroportiga yetkazib beriladi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri