G‘ayratli keksalar munosib taqdirlandi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida Toshkent shahar hokimligi tomonidan "G‘ayratli keksalar" shiori ostida nuroniylar o‘rtasida sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Nuroniylar o‘rtasida sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha Toshkent shahar bosqichi musobaqasi o‘tkazildi.

Tadbirda Nuroniy jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi, senator R.Kalonov so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda nuroniylarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ehtirom haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u musobaqa ishtirokchilarini samimiy muborakbod etib, barcha g‘oliblarga kelgusi bosqichlarda omad tiladi.
Musobaqa Olimpiya tizimida o‘tkazildi. G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


G.Boboyeva, O‘zA