Garri Kasparov: “Sindorov xuddi Spasskiy kabi o‘ynaydi"
Jahon shaxmatining afsonalaridan biri Garri Kasparov Javohir Sindarovning Nomzodlar turniridagi ishtiroki haqida fikr bildirib, uning tezligi, aniqligi va uslubi xususida o‘z fikrlarini bildirdi:
– Kiprda Sindorov yaxshi va tezkor o‘yinning ajoyib uyg‘unligini namoyish etdi. Bu vaqtni tejash va juda yuqori sifatli yurishlarni topish o‘rtasidagi muvozanatdir. U g‘alabaga mutlaqo haqli edi. Agar o‘xshatish qidiradigan bo‘lsam, ehtimol Spasskiyni aytgan bo‘lardim. Juda ko‘p qirrali uslub. Spasskiy 60 yillarning o‘rtalarida aynan shunday o‘ynagan. Tez, donalar uchun to‘g‘ri kataklarni intuitiv ravishda topa olardi. Shu bilan birga, Javohirning o‘yinida dinamika ham mavjudligi uning eng muhim xususiyatlaridan biri, deyish mumkin.
Agar Sindorov xuddi shunday energiya, bosim va aniqlik bilan harakatlanishda davom etsa, uni buyuk kelajak kutayotganligi shubhasiz.
T.Ro‘ziyev tayyorladi, O‘zA