Gandbolchilarimizning muvaffaqiyati
Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar va qizlar terma jamoasi Singapurda o‘tkazilgan Janubi-Sharqiy Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar va qizlar terma jamoasi Singapurda o‘tkazilgan Janubi-Sharqiy Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, sovrinli o‘rinlarni egalladi.O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston qizlar terma jamoasi musobaqada barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgan. Sportchilarimiz hal qiluvchi bahsda Yaponiya terma jamoasini 30:28 hisobida yengdi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi esa finalgacha bo‘lgan bahslarni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, yakunda kumush medal bilan taqdirlandi.