Futzalni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi
Özbekiston futzal federatsiyasida ötkazilgan yiğilişda musobaqalarni taşkil etiş va ötkaziş reglamenti talablariga töliq rioya etilmayotgani, baʼzi bir klublarda intizom masalasiga yetarliça eʼtibor qaratilmayotgani, ayrim futzalçilarning reglamentga zid ravişda mamlakatimiz va yaqin xorij davlatlaridagi tijorat turnirlarida iştirok etayotganligi tanqid qilindi.
Özbekiston futzal federatsiyasida Oliy va Birinçi liga klublari direktorlari hamda boş murabbiylari, viloyat futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari va mutaxassislar bilan uçraşuv bölib ötdi.
Oliy liga bahslari sifatini yanada oşiriş, Birinçi liga musobaqalariga tayyorgarlik köriş, mamlakatimizda futzalni rivojlantirişning ustuvor vazifalarini belgilaş va yillik taqvim iş rejasini işlab çiqiş masalalari muhokama qilingan yiğilişda Özbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov musobaqalar saviyasi sezilarli darajada oşgani, muxlislar va mutaxassislarning çempionatga qiziqişi ortib borayotganini taʼkidladi.

Joriy mavsumda klublarning professional maqomda qayta taşkil etilişi, ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini mustaqil yuritişi muhim qadam sifatida qayd etildi.
Hududlarda futbol assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda homiylarni jalb qiliş va marketing faoliyatini rivojlantiriş borasida ijobiy özgarişlar kuzatilayotgani eʼtirof etildi.
Milliy va yoşlar terma jamoalarining salohiyatini yuksaltiriş, xalqaro maydonda yuqori natijalarga erişişning muhim omili ekani qayd etilib, kelgusi yil terma jamoalarimiz uçun masʼuliyatli davr bölişi, jahon çempionati yöllanmalari öynaladigan 2028-yilgi Osiyo kubogiga puxta tayyorgarlik köriş zarur ekanligi aytib ötildi.
Yiğilişda yutuqlar bilan bir qatorda, futzal yönalişidagi kamçiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Xususan, musobaqalarni taşkil etiş va ötkaziş reglamenti talablariga töliq rioya etilmayotgani, baʼzi bir klublarda intizom masalasiga yetarliça eʼtibor qaratilmayotgani, ayrim futzalçilarning reglamentga zid ravişda mamlakatimiz va yaqin xorij davlatlaridagi tijorat turnirlarida iştirok etayotganligi tanqid qilindi.
Bu, nafaqat klublar manfaatlariga, balki sportçilarning salomatligiga xavf tuğdirişi, futzalçilar bilan boğliq noxuş holatlarda klub va federatsiya zimmasida masʼuliyat borligi, klublarning marketing, tarğibot va taşviqot faoliyatini kuçaytiriş, matbuot xizmatlari imkoniyatidan samarali foydalaniş hamda muxlislar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Kengaytirilgan yiğilişda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilinib, masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
T. Röziyev, ÖzA