Bugun Javohir Sindarov va Gukeş Dommaraju örtasida jahon şaxmat toji uçun bahs boşlanadi
Bugun, 24-noyabr kuni Şveysariyaning Jeneva şahrida özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommarajuga qarşi ilk partiyasini ötkazadi. Bahs Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi. Sindarov birinçi partiyada oq donalarda öynaydi.
Sindarov Daʼvogarlar turnirida 14 partiyadan 10 oçko jamğarib, biror marta mağlub bölmagan holda jahon toji uçun bahslaşiş huquqini qölga kiritdi. U mutlaq jahon çempionligi uçun matçda qatnaşadigan ilk özbekistonlik şaxmatçi. Gukeş esa 2024-yilda qölga kiritgan unvonini ilk bor himoya qiladi.
Qolgan partiyalar taqvimi
Barça klassik partiyalar Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi.
Partiya Sana Boşlaniş vaqti
2-partiya 25-noyabr 19:00
3-partiya 26-noyabr 19:00
4-partiya 28-noyabr 19:00
5-partiya 29-noyabr 19:00
6-partiya 30-noyabr 19:00
7-partiya 2-dekabr 19:00
8-partiya 3-dekabr 19:00
9-partiya 4-dekabr 19:00
10-partiya 6-dekabr 19:00
11-partiya 7-dekabr 19:00
12-partiya 8-dekabr 19:00
13-partiya 10-dekabr 19:00
14-partiya 11-dekabr 19:00
Matçda 7,5 oçkoga birinçi yetgan şaxmatçi jahon çempioni böladi. Agar 14 partiyadan söng hisob 7:7 bölsa, ğolib 12-dekabr kuni tay-brekda aniqlanadi.