Futbolchilarimizning navbatdagi g‘alabasi
Meksikaning Kuliakan shahrida davom etayotgan futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari navbatdagi g‘alabaga erishdi.
Meksikaning Kuliakan shahrida davom etayotgan futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari navbatdagi g‘alabaga erishdi.“A” guruhida ishtirok etayotgan futbolchilarimiz ikkinchi turda Irlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 6:1 hisobida zafar quchdi. Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz birinchi uchrashuvda Ukraina terma jamoasini 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi keyingi o‘yinni Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.