Futbol: Superliga o‘yinlari boshlanadi
Bugun, 3 mart kuni futbol bo‘yicha Coca-Cola Superligasining yangi mavsumiga start beriladi. 1-tur o‘yinlarining ilk bahslarini «Paxtakor» — «Olimpik» va «Metallurg» – «Neftchi» duellari boshlab beradi.
Poytaxtimizdagi «Paxtakor» stadionida o‘tadigan «Paxtakor» – «Olimpik» uchrashuvi hamda Bekobodda «Metallurg» va Farg‘onaning «Neftchi» jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik 2023 yil chempionatining birinchi uchrashuvlari sifatida tarixdan joy oladi.

Ertaga, 4 mart kuni Superliganing navbatdagi o‘yinlari «So‘g‘diyona» – «Bunyodkor», «Nasaf» – «Andijon», «Navbahor» – «Qizilqum» uchrashuvlari bo‘lib o‘tsa, 5 mart kuni «Surxon» — OKMK hamda Turon-Buxoro jamoalari bahsi 1-tur o‘yinlarini yakunlab beradi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA