Futbol: Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasiga omad tiladi
Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi(FIFA) prezidenti Janni Infantino Jahon chempionati oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga omad tiladi.
— O‘zbekiston terma jamoasiga Shimoliy Amerika mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionatida omad tilayman! Jahon futbol sahnasidagi tarixiy debyutini o‘tkazadigan O‘zbekiston jamoasiga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Muxlislarini faxrlantirish, tarixda yangi sahifa ochish va butun dunyoga o‘z imkoniyatlarini namoyish etish yo‘lida ularga muvaffaqiyat tilayman – deya fikr bildirdi Infantino.
T.Ro‘ziyev, O‘zA