Fuqaroning qarzi undirildi
Fuqaro K.A. o‘zining tanishi X.D.ga bergan qarzini ololmagach, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublikasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritdi.
Sud tomonidan ushbu qarzdorlikni undirish to‘g‘risida 2024-yilning 11-dekabr kuni qaror chiqqan. Undiruvchi ushbu sud qarori ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limiga murojaat qildi.
Bo‘lim davlat ijrochilari ijro harakatlariga kirishdi va joriy yilning 7-avgust kuni 60,8 million so‘m qarzdorlik undirilib, fuqaro K.A.ga topshirildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri