Fransiya terma jamoasi himoya chizig‘ida katta muammo paydo bo‘ldi
"Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Uilyam Saliba jarohati sabab Fransiya terma jamoasining FIFA kunlaridagi navbatdagi o‘yinlarida maydonga tusha olmaydi.
Fransiya terma jamoasi himoyachisi Uilyam Saliba jarohati sabab FIFA kunlarida terma jamoasiga yordam bera olmaydi
Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Uilyam Saliba jarohati sabab Fransiya terma jamoasining FIFA kunlaridagi navbatdagi o‘yinlarida maydonga tusha olmaydi. 24 yoshli himoyachi yakshanba kuni Angliya Liga kubogi finalida "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushdi va uning jamoasi 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv yakunlangach fransuzning to‘pig‘idan jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. Shu sababdan ham u terma jamoa yig‘iniga bormaydi. Uning o‘rnini "Kristal Pelas" himoyachisi Maksant Lakrua egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, "uch ranglilar" 26-mart kuni Braziliya bilan bahs olib boradi. 29-mart sanasida esa Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.