Fransiya 200 yildan keyin “Qora kodeks”ni bekor qiladi
Fransiya parlamenti quyi palatasi bir ovozdan qullikni tartibga soluvchi mustamlakachilik qonunchiligi hisoblangan “Qora kodeks” ("Code Noir")ni bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqardi.
Loyihani Senat ham qo‘llab-quvvatlashi kutilyapti.
1685-yil Lyudovik XIV hukmronligi davrida qabul qilingan mazkur qonun Fransiya mustamlaka davlatlarida qullikning huquqiy maqomini tavsiflagan. Qul “ko‘char mulk” sifatida ta’riflangan bu hujjat qullardan foydalanish, ularni sotish tartibini belgilagan.
S.Rahimov, O‘zA