Formali kiyim-boshni kiyib yurganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda, Gaz yetib bormagan hududlarda elektr energiyasi uchun chegirma joriy etilishi mumkin - Qisqa xabarlar (+video)
O‘zbekiston Milliy axborot agentligida kunning muhim yangiliklari bilan "Qisqa xabarlar" dasturi
- Endilikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan normalarga ko‘ra, davlat organlarining tasdiqlangan harbiy yoki idoraviy formali kiyim-boshiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash hamda unga xos farqlovchi belgilar va (yoki) ramzlarga ega formali kiyim-boshni kiyib yurganlik yoki joriy etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
- O‘zbekiston sanoat tarmoqlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish hamda shaffoflikni ta’minlash borasidagi islohotlar navbatdagi amaliy natijasini berdi.
- 27-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, ayniqsa, tabiiy gaz tarmog‘i yetib bormagan hududlarda yashovchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator vazifalar belgilandi.
Shu va sport xabarlari bilan batafsil video davomida tanishing.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YHYxmmjQYOE" title="Gaz yetib bormagan hududlarda elektr energiyasiga chegirma joriy etilishi mumkin - Qisqa xabarlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqub Meliboyev, O‘zA