Firibgar qamaldi, pulingizchi? (+video)
Firibgar jazolandi. Ammo sizning pulingiz-chi? Jinoyatchi jazolansa-da, jabrlanuvchining zarari nega undirilmay qoladi? Bu tizimdagi muammomi?
Tasavvur qiling: sizni aldashdi. Puldan ayrildingiz. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, sud bo‘ldi va firibgar jazolandi.
Ammo… siz pulingizni ololmadingiz. Shunda tabiiy savol tug‘iladi: jinoyatchi jazosini olgan bo‘lsa, jabrlanuvchining zarari nima bo‘ladi?
Firibgar qamoqda o‘tirgan yillari jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni avtomatik ravishda qoplamaydi. Zararni undirish esa alohida huquqiy va ijro jarayonlarini talab qiladi.
Yana bir muammo: ayrim holatlarda mahkumning nomida rasmiy mol-mulk yoki daromad bo‘lmasligi, aktivlar boshqa shaxslar nomiga o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin. Natijada sud hukmi mavjud, jazo tayinlangan, ammo jabrlanuvchi o‘z pulini amalda qaytarishda qiyinchilikka duch keladi.

Xo‘sh, bu muammo qonunchilikdagi tartiblar bilan bog‘liqmi yoki ularning ijrosidami?
Nega jazo tayinlash mexanizmi bilan yetkazilgan zararni real undirish mexanizmi bir-biridan uzilib qolishi mumkin?
Va eng muhimi — firibgar jazosini o‘tab chiqqani bilan jabrlanuvchi oldidagi qarzi tugadimi?
Batafsil
Mohichehra Eshmirzayeva;
Yoqub Meliboyev, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA