FIFA reytingi: Mbappe JCH–2026ning eng yaxshi hujumkor futbolchisi
Hujumkor harakatlar reytingida Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe 9,12 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.
FIFA statistik ma’lumotlar asosida JCH–2026ning eng yaxshi futbolchilarini aniqladi. Turnirdagi barcha maydon futbolchilari hujumkor, yaratuvchanlik va himoyaviy harakatlar bo‘yicha 0 dan 10 ballgacha baholandi.
Hujumkor harakatlar reytingida Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe 9,12 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Mbappe JCH–2026da sakkizta uchrashuvda 10 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to‘purari va «Oltin butsa» sohibiga aylangan edi.
Ikkinchi o‘rinni sakkizta o‘yinda 7 ta gol urgan Angliya yarim himoyachisi Jud Bellingem — 8,29 ball bilan egalladi.
Argentina sardori Lionel Messi esa 8,06 ball bilan uchinchi bo‘ldi. U mundialdagi sakkizta uchrashuvda 8 ta gol urdi.
Top-3:
Kilian Mbappe — 9,12
Jud Bellingem — 8,29
Lionel Messi — 8,06