FIFA kunlarida Ektor Kuper imtihondan oʻtkaziladimi?
Xabaringiz bor, 13 – 16 oktyabr sanasida Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi ham FIFA kunlari doirasida oʻz oʻyinlarini oʻtkazadi.
Xabaringiz bor, 13 – 16 oktyabr sanasida Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi ham FIFA kunlari doirasida oʻz oʻyinlarini oʻtkazadi.
Dastlabki uchrashuv 13 oktyabrda poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan oʻtkaziladi.
Ikkinchi bahs esa 16 oktyabrda Qatar Milliy terma jamoasi bilan boʻlib oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasida FIFA kunlari doirasidagi mazkur bellashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha yigʻilish oʻtkazilib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Eslatib oʻtamiz, terma jamoamiz Ektor Kuper boshchiligida bugungacha ikkita oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi. Futbolchilarimiz birinchi oʻyinda Suriya bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan boʻlsa, ikkichi bahs forslar bilan boʻldi. Ushbu uchrashuvda Karlosh Keyrush shogirdlari kichik – 1:0 koʻrinishida gʻalaba qozondi.
Toʻgʻri, bu uchrashuvlarda muhlislar kutgan natijalar qayd etilmagan boʻlishi mumkin. Biroq Milliy terma jamoamiz uchun oʻrtoqlik oʻyinlarini koʻproq tashkil etish va undan xulosalar chiqarish BAA da boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi uchun ham, Jahon Chempionati uchun ham tajriba vazifasini bajaradi.
Ushbu uchrashuvlara qayd etiladigan natijalar, termamizning imkoniyatlari Kuper tuzayotgan jamoa imidjini shakllantiribgina qolmay, kelgusidagi rejalar uchun ham zamin yaratadi.
Demak, oldindagi bahslar Ektor Kuper uchun imtihon emas, balki sinov desak toʻgʻriroq boʻlar.