Federiko Kyeza Italiya terma jamoasini tark etdi
Kyezaning o‘rnini "Bolonya" klubi a’zosi Nikolo Kambyaga egallaydi.
Angliyaning "Liverpul" klubi vingeri Federiko Kyeza Italiya terma jamoasi lagerini tark etgani ma’lum bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra, Kyezaning jismoniy holatidagi muammolar sabab terma jamoaning bo‘lajak ikkita uchrashuvda italyanlarga yordam bera olmaydi. Bu haqida Italiya futbol federatsiyasi xabar bermoqda. U klubi bilan kelishgan holda terma jamoa lagerini tark etgan, deyiladi manbada. Kyezaning o‘rnini "Bolonya" klubi a’zosi Nikolo Kambyaga egallaydi.
26-mart kuni Italiya Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Agar ushbu bahsda g‘alaba qozonsa hal qiluvchi final uchrashuvida Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Avvalroq, "Liverpul" vingeri 2024-yildan buyon Italiya terma jamoasida o‘ynamayotgan edi va Gattuzo qo‘l ostida terma jamoa sharafini himoya qilishdan bosh tortgan edi.