Farovonlik sari intilayotganlar (+video)
Mamlakatimizda kambag‘allikdan farovonlik sari dadil qadam tashlayotgan yurtdoshlarimiz safi kengaymoqda. Biznesni rivojlantirish, tomorqalardan unumli foydalanish va kasb-hunarga o‘rgatish orqali ko‘plab oilalarning daromadi oshmoqda.
Davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va "Mahallabay" ishlash tizimi bu islohotlarning bosh ustuni bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, andijonlik oilalar ham yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ymoqda. Tomorqalaridan daromad topmoqda.
Mehnat va tashabbus orqali hayotini yaxshilayotgan, oilasi farovonligini oshirayotgan insonlar hayotidan olingan lavhada bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/AHnLKWIEiPI?si=a2Ki-7EkqS1JkajP" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj),
O‘zA