Farmatsevtika tovarlarining 70 foizini ichki imkoniyatlar hisobidan qoplash maqsad qilingan
Tibbiyotni raqamlashtirish bo‘yicha ishlar xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olmoqda.
– Yaqinda bu tizimni sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan yanada boyitib, shifokor va hamshiralarning haqiqiy ko‘makchisiga aylantiramiz, – dedi davlatimiz rahbari.
Farmatsevtika tovarlarining 70 foizini ichki imkoniyatlar hisobidan qoplash maqsad qilingan. Shu bois, so‘nggi yillarda 1 milliard dollarlik 330 ta yangi quvvat ishga tushirildi.
“Toshkent biofarm siti” klasteri, Andijon, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatida farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi. Ularda 1 milliard 200 million dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
O‘zA