Farg‘onada pilla terimi boshlandi
Beshariqlik pillakorlar mamlakatimizda birinchilar qatorida joriy yil hosili — “kumush tola”ni yig‘ib olishga kirishdi.
Bu yilgi mavsumda tumanda 4 ming 176 quti ipak qurti parvarishlanib, 251 tonna pilla hosili yetishtirish reja qilingan. 2 ming 124 nafardan ziyod ipak boquvchi oilalar bilan shartnomalar tuzilib, tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Ayniqsa, “Nurli zamin tarovati” fermer xo‘jaligi a’zolari Olmaxon Ne’matova hamda Muazzamxon Ismoilovalarning fidokorona mehnati e’tiborga loyiq. Ular 1,5 qutidan ipak qurti parvarishlab, belgilangan rejalarni ortig‘i bilan bajarishga erishdi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA