FarDU voleybolchilari O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida U20 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatning yetakchi jamoalari ishtirok etgan bellashuvlarda Farg‘ona davlat universitetining professional jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa davomida raqiblaridan ustun kelgan FarDU voleybolchilari final bosqichiga yo‘l oldi. Hal qiluvchi uchrashuvda Qashqadaryo viloyati jamoasiga qarshi maydonga tushgan farg‘onaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi.

Bu natija jamoa a’zolarining musobaqaga tayyorgarligi, maydondagi o‘zaro hamjihatligi va sport mahoratini namoyon etdi. Qo‘lga kiritilgan kubok universitet vakillarining voleybol bo‘yicha mamlakat miqyosidagi musobaqada erishgan muhim yutug‘i bo‘ldi.
Nilufar Bozorova, O‘zA