Faol va iqtidorli yoshlar taqdirlandi
Yuksak natijalarning kaliti yuksak e’tibordir.
Yoshlar kuni arafasida o‘z iqtidori va salohiyati bilan ajralib turgan bir guruh faol va iqtidorli yoshlar taqdirlandi.
Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari va professor-o‘qituvchilari, shuningdek, bir qator vazirlik va idoralar vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Akademik harakatchanlik” dasturi, “Bo‘lajak olim”, “Kelajak muhandislari”, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” hamda boshqa respublika miqyosidagi ilmiy-innovatsion tanlovlar, olimpiadalar, festivallar va musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan, innovatsion tashabbuslari bilan ajralib turgan 21 nafar iqtidorli yosh “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur marosimdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning ilmiy izlanishlari, innovatsion g‘oyalari va amaliy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi marralar sari ruhlantirishdan iborat.
Sherbek Islomov, O‘zA