Fanlar akademiyasi OAV xodimlarini bayram bilan qutladi (+video)
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida jurnalistlar va OAV vakillari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ilm-fan sohasini xolis va tezkor yoritish, jamoatchilikni ilmiy yangiliklardan o‘z vaqtida xabardor qilish, axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi samarali hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot davomida ilm-fan sohasini xolis va tezkor yoritish, jamoatchilikni ilmiy yangiliklardan o‘z vaqtida xabardor qilish, axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi samarali hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jurnalistlar so‘zga chiqib, Fanlar akademiyasi Axborot xizmati tomonidan axborotlarni tezkor va operativ taqdim etilayotgani, yaratilgan ochiq muloqot muhiti hamda samimiy hamkorlik tufayli ilm-fan sohasidagi yangiliklar, olimlar va ilmiy xodimlar faoliyatini keng va xolis yoritish imkoniyati mavjudligini alohida e’tirof etdilar.
Tadbir yakunida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh jurnalistlarga Fanlar akademiyasining maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir so‘nggida ishtirokchilar bir-birlarini kasb bayrami bilan muborakbod etib, kelgusida ham ilm-fanni targ‘ib qilish yo‘lida samarali hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
<iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/I0pyu0WqTm0" title="FANLAR AKADEMIYASI OAV XODIMLARINI BAYRAM BILAN QUTLADI" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA