Fabio Kannavaro: Superliganing intensivligi past darajada"
Yaxshi tomoni hech qaysi futbolchi e’tiroz bildirmayapti va imkoni boricha o‘zini ko‘rsatishga harakat qilmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining jismoniy holati qanday va bu borada mutaxassislar qanday ishlamoqda?
“Milliy chempionatning tempi yuqori darajada emasligi sabab, chempionat o‘yinlarini vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha liga bilan kelishdik va jismoniy holat bo‘yicha alohida ishlashni boshladik. Milliy chempionatning intensivligi biroz pastroq darajada ekanini ham ko‘rib turibmiz. Mashg‘ulotlarda ko‘rdikki futbolchilar qiynalmoqda. Yaxshi tomoni hech qaysi futbolchi e’tiroz bildirmayapti va imkoni boricha o‘zini ko‘rsatishga harakat qilmoqda”, - dedi Kannavaro.