Fabio Kannavaro: mening terma jamoaga kelishimdagi asosiy maqsadim Osiyo kubogida g'alaba qozonish edi
Ko‘rdik jahon chempionatida ham Osiyo kubogida ham qiyin guruhdan joy oldik.
Osiyo kubogiga qur’a tashlandi va raqiblarni bilib oldik. Guruhdagi raqiblar va Osiyo kubogini yutish imkoni bor va bunga harakat bo‘ladimi? Bundan tashqari mundialdagi har qanday natijadan qat’iy nazar terma jamoada qolaman deb o‘ylaysizmi?
Ushbu savolga Fabio Kannavaro quyidagicha javob berdi:
"Bizda doim ham omadimiz kelmaydi. Ko‘rdik jahon chempionatida ham Osiyo kubogida ham qiyin guruhdan joy oldik. Lekin Iordaniya bilan bir guruhdan joy olganimiz yaxshi va qiziq bo‘ldi. Ular bilan o‘yin qiziqarli o‘tadi. Agar yana shunaqa omad kelsa keyingi bosqichlarda Yaponiya bilan ham uchrashamiz.
Albatta Osiyo kubogi boshqacha musobaqa va uni yutish uchun borishimiz mumkin. Mening terma jamoaga tayyorlanishimdagi asosiy maqsadim ham Osiyo kubogi edi va u turnirda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz", - dedi Kannavaro.