Eskrou: uy-joy foydalanişga topşirilganidan söng fuqarolarning mablaği quruvçiga ötkaziladi
Bugun Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötmoqda. Unda bir qator qonun loyihalari va parlament nazorati faoliyatiga oid masalalar muhokamasi rejalaştirilgan.
Majlisda dastlab “Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obʼektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida”gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqildi.
— Bugun mamlakatimizda uy-joy qurilişi keng kölamda olib borilmoqda. Sönggi 10 yilda 10 mingdan ortiq köp kvartirali uylar barpo etildi, — dedi deputat Şokirjon Ahmedov. — Bu 2017-yilga nisbatan uç barobarga oşgan. Ammo sohada insofsiz quruvçilar ham yöq emas. Şu bois, mazkur qonun loyihasi bilan köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obʼektlarini uluş kiritiş asosida quriş sohasidagi munosabatlar tartibga solinmoqda. Unda uluşli quriliş munosabatlari iştirokçilarining, davlat organlarining huquq va majburiyatlari, vakolatlari, özaro munosabatlariga oid qoidalar aniq belgilanyapti.
Prezidentimizning 2025-yil 27-yanvardagi Farmoni bilan uluşli qurilişda eskrou tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda. Xususan, 2025-yil 1-iyuldan uluşdorlar mablağlarini eskrou hisobvaraqlari orqali jalb qiliş taraflarning tanloviga köra ixtiyoriy asosda amalga oşirilmoqda. Farmonda 2026-yil 1-yanvardan mablağlarni faqat eskrou hisobvaraqlari orqali jalb qiliş közda tutilgan. Bugun 251 ta uy-joy majmuasi qurilişi uluşdorlarning mablağlarini eskrou hisobvaraqlari orqali jalb etiş asosida barpo etilmoqda va 5 mingdan ziyod şartnomalar rasmiylaştirilgan.
Uşbu qonun loyihasi bilan fuqarolar mablağlarini himoya qiliş böyiça mustahkam huquqiy kafolatlar yaratilmoqda. Jumladan, fuqarolarning uluşli qurilişga kiritgan mablağlari töğridan-töğri quruvçi ixtiyorida emas, balki banklarda oçiladigan eskrou hisobvaraği orqali saqlanadi. Quriliş belgilangan talablar asosida amalga oşirilib, obʼekt foydalanişga topşirilganidan söng mablağlar quruvçiga ötkaziladi.

Quruvçi (developer) faqat qonunda belgilangan talablarga javob bergan, Yagona axborot tizimida röyxatdan ötgan, vakolatli bank bilan boş bitim tuzgan va loyiha deklaratsiyasini eʼlon qilgan taqdirdagina aholi mablağlarini jalb qiliş huquqiga ega böladi.
Bundan taşqari, uluşli iştirok etiş şartnomasi notarial tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkaziladi. Bu bir obʼektning takroran sotilişi, noqonuniy şartnomalar tuzilişi kabi holatlarning oldini oladi.
Loyihada quruvçi qonun talablariga zid ravişda fuqarolar mablağlarini jalb qilgan taqdirda, uluşdor uşbu mablağlarni qaytarişni va ulardan foydalanilganlik uçun foiz tölanişini talab qiliş huquqiga ega bölişi nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasida quriliş loyihalarini öz vaqtida yakuniga yetkazişga qaratilgan taʼsirçan mexanizmlar ham nazarda tutilmoqda. Jumladan, zarur hollarda vakolatli bankni yoki quruvçini almaştiriş, qurilişning uzluksiz moliyalaştirilişini taʼminlaşga qaratilgan moliyaviy mexanizmlar yaratilmoqda. Bu esa quriliş töxtab qolişining oldini oliş va uluşdorlar manfaatlarini işonçli himoya qilişga xizmat qiladi, — dedi deputat.
Qayd etilganidek, qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida deputatlar saylovçilar, ommaviy axborot vositalari, quruvçilar va developerlar, bank-moliya tizimi vakillari hamda sohaga daxldor boşqa subʼektlar bilan muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini örgandi. Tahlillardan kelib çiqib, uluşdorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilişga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, bugungi kunda quruvçilar tomonidan qurib foydalanişga topşirilayotgan xonadonlarning maydoni şartnomada belgilangan maydondan farq qilayotganligi köplab fuqarolarning eʼtiroziga sabab bölayotganligi tufayli, 34-moddada uluşli quriliş obʼekti maydonining şartnomada körsatilgan maydondan ruxsat etilgan özgariş darajasini beş foizgaça hamda loyiha hujjatlaridagi jiddiy özgarişlarni muayyan foiz bilan çeklaş qoidalari çiqarib taşlandi.

Şuningdek, qurilişni samarali yakunlaş, xonadonlarning uluşdorlarga topşirilişining moliyaviy sabablarga köra keçikişining oldini oliş maqsadida quriliş qiymatining kamida 70 foizini bank krediti, köpi bilan 30 foizini esa quruvçining öz mablağlari hisobidan moliyalaştiriş tartibi belgilanmoqda.
Şu bilan birga, uyni topşiriş muddati buzilganda, obʼektni muammoli deb topiş uçun yana 6 oy kutiş talab etilmasligi nazarda tutildi. Quruvçining kamçiliklarni bartaraf etmasdan, faqat tovon tölaş yöli bilan muammoli obʼektlar reyestridan çiqib ketişiga yöl qöyilmasligi belgilandi.
Muhokamalarda bir qator savol va takliflar örtaga taşlandi va mutasaddilarning fikrlari tinglandi. Taʼkidlanganidek, mazkur hujjatning qabul qilinişi fuqarolarning uy-joy qurilişiga kiritgan mablağlarini işonçli, huquqiy va moliyaviy mexanizmlar orqali himoya qilişga, mablağlarni qonunda belgilanmagan usulda jalb qiliş holatlarining oldini olişga hamda uluşdorlarning manfaatlari himoyasiga xizmat qiladi.
Qizğin muhokamalardan söng qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Muhtarama Komilova, ÖzA