Özbekistonning COP31dagi iştiroki – iqlim diplomatiyasini mustahkamlaş vositasi
Antaliyada bölib ötayotgan COP31 konferensiyasi global iqlim kun tartibida majburiyatlarni qabul qilişdan ularni amalda bajarişga ötiş bosqiçiga töğri kelmoqda.
Özbekiston uçun konferensiya xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlaş, şeriklik aloqalarini kengaytiriş va mintaqaviy taşabbuslarni ilgari suriş imkoniyatidir. Sönggi yillarda iqlim masalalari mamlakatdagi milliy islohotlarning ham, taşqi siyosatning ham muhim yönalişigaylanmoqda. Bunda Toşkentning xalqaro maydonlardagi faolligi, avvalo, mamlakat içida amalga oşirilayotgan izçil islohotlarga tayanadi.
Milliy islohotlar – iqlim diplomatiyasining asosi
Özbekiston iqlim sohasidagi davlat siyosatining yaxlit tizimini izçil şakllantirmoqda. 2018-yilda Parij bitimini ratifikatsiya qilgan va 2019–2030-yillarda “yaşil” iqtisodiyotga ötiş strategiyasini qabul qilgan mamlakat milliy miqyosda belgilanadigan hissa (NDC 3.0) doirasidagi majburiyatlarini yangiladi. Ular 2035-yilga borib yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan issiqxona gazlari taşlamalarini 2010-yil darajasiga nisbatan 50 foizga qisqartiriş hamda 2055-yilgaça uglerod neytralligiga erişişni nazarda tutadi. Eʼtiborlisi, Özbekiston taşlamalarni 2030-yilgaça 35 foizga kamaytiriş böyiça avvalgi maqsadiga muddatidan oldin erişdi.

Uşbu maqsadlarni amalga oşirişda qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş hal qiluvçi örin tutadi. Quyoş va şamol elektr stansiyalarining quvvati 6,3 GVtdan oşdi, gidroenergetikani hisobga olganda, elektr energiyasi işlab çiqarişda “yaşil” energiyaning uluşi 30 foizga yaqinlaşdi. 2030-yilgaça bu körsatkiçni 54 foizga yetkaziş rejalaştirilgan. Energetika vazirligining baholaşiça, hozirgi surʼatlar saqlanib qolsa, uşbu maqsadli körsatkiçdan ham yuqori natijaga erişiş mumkin. Bu mamlakatda energetik ötiş jarayoni barqaror tus olganidan dalolat beradi.
Energetika bilan bir qatorda suvni tejaş va yerlarni qayta tiklaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Suv tanqisligi kuçayib borayotgan şaroitda bu ayniqsa dolzarbdir. Agar 2020-yilda suv tejovçi texnologiyalar qöllanilgan maydonlar jami suğoriladigan yerlarning atigi 4 foizini taşkil etgan bölsa, 2026-yilga kelib bu körsatkiç 60 foizga yetdi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, bu joriy yilning özida qariyb 10 milliard kub metr, 2028-yilga borib esa 14 milliard kub metrgaça suvni tejaş imkonini beradi.
“Yaşil makon” loyihasi doirasida har yili 200 million tup köçat ekilmoqda, Orol dengizining qurigan tubida esa 2 million gektar maydonda himoya örmonzorlari barpo etilgan. Bu mamlakat issiqxona gazlari taşlamalarini qisqartiriş bilan birga, iqlim özgarişiga moslaşişga ham tobora köproq eʼtibor qaratayotganini körsatadi.
Islohotlar zarur mexanizm va institutlarni yaratiş bilan birga olib borilayotgani muhimdir. 2025-yil noyabr oyida Ekologiya vazirligi negizida bevosita davlat rahbariga hisobdor bölgan Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi taşkil etildi. Bu davlat boşqaruvi tizimida ekologik siyosatning maqomi yuksalayotganidan dalolat beradi.
Bundan taşqari, 2025-yilda uglerod birliklari savdosining milliy tizimi töğrisidagi qonun qabul qilindi. “Energetika islohotlari uçun innovatsion uglerod resurslarini qöllaş” (iCRAFT) loyihasi doirasida esa Özbekiston uşbu sohadagi çuqur islohotlar natijasida Jahon bankidan uglerod moliyalaştiriş mablağlarini olgan dunyodagi birinçi mamlakatga aylandi.
2023-yilda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University) taşkil etildi. Unga biriktirilgan “yaşil” texnikumlar tarmoği orqali 2030-yilgaça kamida 10 ming nafar mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilgan. Bu uzoq muddatli “yaşil” rivojlaniş uçun kadrlar poydevorini yaratadi.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik
Suv tanqisligi, çöllaniş va yerlar degradatsiyasi Markaziy Osiyoning barça davlatlariga muayyan darajada taʼsir körsatmoqda. Şu sababli bu muammolarni faqat muvofiqlaştirilgan harakatlar asosida samarali hal etiş mumkin.
Özbekiston suv va energetika resurslarini boşqarişning qöşma mexanizmlarini rivojlantiriş tarafdori. Qirğiziston va Qozoğiston bilan birgalikda amalga oşirilayotgan Qambarota GES-1 loyihasi bunga misoldir. U mamlakatlarning mintaqaviy suv-energetika salohiyatidan kelişilgan holda foydalanişga intilişini aks ettiradi. Umumiy meʼyoriy asos ham şakllanmoqda: mintaqa davlatlari COP28 konferensiyasida taqdim etilgan Markaziy Osiyoda iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça mintaqaviy strategiyani işlab çiqdi.
Ayni paytda Özbekiston, Ozarbayjon va Qozoğiston elektr energiyasini Yevropaga eksport qiliş uçun “yaşil yölak” loyihasini ilgari surmoqda.
Ekspertlar darajasidagi hamkorlik ham rivojlanmoqda. Toşkentda Çöllanişga qarşi kuraşiş va çöl iqtisodiyotini rivojlantiriş böyiça Markaziy Osiyo mintaqaviy ilmiy-tadqiqot markazi, şuningdek, 2025-yilda Green University negizida oçilgan va mintaqaning barça beş mamlakatini qamrab oluvçi Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqining vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. Bu Toşkentning ekologiya sohasidagi mintaqaviy ekspertiza markazlaridan biri sifatida şakllanişiga xizmat qilmoqda.
Özbekiston xalqaro maydonlarda, jumladan, Toğli mamlakatlar guruhi hamda Dengizga çiqiş imkoniga ega bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari pozitsiyalarini muvofiqlaştirişga ham kömaklaşmoqda. Bu mintaqaning muzokaralardagi imkoniyatlarini mustahkamlaydi.
Xorijiy mamlakatlar bilan şeriklik
Milliy va mintaqaviy ustuvor vazifalarni amalga oşiriş xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni faol rivojlantiriş bilan birga olib borilmoqda. Uşbu hamkorlik investitsiyaviy, texnologik va ekspertlik yönalişlarini qamrab oladi.
Fors körfazi mamlakatlari bilan qayta tiklanuvçi energetika sohasidagi hamkorlik ayniqsa keng kölam kasb etdi. Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan qöşma taşabbuslar portfelining umumiy qiymati 24 milliard dollardan ortiq deb baholanmoqda. Birlaşgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi bilan hamkorlikda esa umumiy quvvati 1,2 GVtdan ziyod elektr stansiyalari işga tuşirilgan. Bunday körsatkiçlar Özbekistonning “yaşil” energetika sohasi xorijiy investorlar uçun jozibador ekanini yaqqol namoyon etadi.
Yaponiya bilan Parij bitimining 6-moddasi doirasidagi Qöşma kreditlaş mexanizmi asosida hamkorlik rivojlanmoqda. Şörlangan yerlarni tiklaş uçun galofit boğlar yaratişda esa Xitoy tajribasi qöllanilmoqda.
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik alohida örin tutadi. 2025-yil aprel oyida Samarqandda bölib ötgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti mintaqalararo hamkorlikka yangi surʼat bağişladi. Global Gateway dasturining 12 milliard yevrolik investitsiya paketidan 6,4 milliard yevro gidroenergetika va iqlim loyihalariga yönaltirilişi közda tutilgan.
Xalqaro maydonlardagi taşabbuslar
Özbekiston xalqaro maydonlarda muhokamalarda iştirok etişdan öz taşabbuslarini ilgari suriş bosqiçiga ötdi. Mamlakat rahbariyatining BMT minbaridagi çiqişlari uşbu yondaşuvning rivojlanişini yaqqol aks ettiradi.
Şavkat Mirziyoyevning 2017-yilda BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi bu yönalişdagi boşlanğiç nuqta böldi. Unda davlat rahbari Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etiş uçun xalqaro saʼy-harakatlarni birlaştirişga çaqirdi. 2018-yildayoq Özbekiston taşabbusi bilan Orolböyi mintaqasi uçun BMTning inson xavfsizligi böyiça köp tomonlama şeriklik trast fondi taşkil etildi. 2021-yilda esa BMT Boş Assambleyasi Orolböyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qiliş töğrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Şu tariqa mintaqaviy ekologik muammo global darajada eʼtirof etildi.
Şu bilan birga, mamlakatning Tomonlar konferensiyalaridagi iştiroki kengayib bordi. Özbekiston 2021-yilda Glazgoda bölib ötgan COP26 konferensiyasida yangilangan milliy miqyosda belgilanadigan hissasini taqdim etdi, Şarm aş-Şayxdagi COP27 konferensiyasida Mintaqaviy iqlim kengaşini tuzişni taklif qildi. Dubaydagi COP28 konferensiyasida esa davlat rahbari Green University negizida Iqlim ilmiy forumini taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi hamda Iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça global maqsadni imkon qadar tezroq kelişib oliş tarafdori ekanini bildirdi. Bunda asosiy eʼtibor bosqiçma-bosqiç milliy majburiyatlardan mintaqaviy va ilmiy mexanizmlarga köça boşladi.
Mazkur yondaşuv Bokudagi COP29 konferensiyasida ayniqsa yaqqol namoyon böldi. Unda Özbekiston Prezidenti rivojlanayotgan mamlakatlarni qöllab-quvvatlaş uçun Iqlim tufayli yöqotiş va zararlarni baholaş böyiça xalqaro markazni taşkil etiş hamda BMT şafeligida Daryo ekotizimlarining butunligi va ekologik xavfsizligini taʼminlaş sohasida majburiyatlar töğrisidagi deklaratsiyani işlab çiqişni taklif etdi. Belem şahridagi COP30 konferensiyasida mamlakat NDC 3.0ni taqdim etdi, BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida esa iqlim migratsiyasi sohasida xalqaro şeriklikni rivojlantiriş va saʼy-harakatlarni muvofiqlaştiriş taşabbusini ilgari surdi.
Samarqandda yirik xalqaro tadbirlar – BMTning Çöllanişga qarşi kuraşiş konvensiyasi ijrosini körib çiqiş qömitasi sessiyasi, Yovvoyi hayvonlarning köçib yuruvçi turlarini saqlaş töğrisidagi konvensiya hamda Yöqolib ketiş xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qiliş töğrisidagi konvensiya (CITES) tomonlarining konferensiyalari, şuningdek, Global ekologik jamğarma assambleyasining ötkazilişi ekologik kun tartibini ilgari surişning qöşimça vositasiga aylandi. Bunday forumlar uçun Özbekistonning mezbon sifatida tanlanişi xalqaro hamjamiyatning mamlakatga bölgan işonçidan dalolat beradi.
Şunday qilib, ön yildan kamroq vaqt içida Özbekistonning xalqaro maydonlardagi kun tartibi Orol muammosidan moliyalaştiriş, moslaşiş va iqlim özgarişining ijtimoiy oqibatlari masalalarigaça kengaydi.
COP31: milliy ustuvor vazifalarni amalga oşiriş imkoniyatlari
Eʼtiborlisi, COP31 kun tartibidagi moliyalaştiriş, iqlim özgarişiga moslaşiş va majburiyatlarni amalda bajariş masalalari köp jihatidan Özbekistonning milliy ustuvorliklariga mos keladi. Bu mamlakatga Antaliyada umumiy çaqiriqlar bilan çeklanmay, aniq ehtiyoj va takliflarni ilgari suriş imkonini beradi.
Moliyalaştiriş manbalaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş asosiy masala bölib qolmoqda. Mamlakatning 2030-yilgaça bölgan moliyaviy ehtiyojlari qariyb 50 milliard dollar deb baholanmoqda. Şundan qariyb uçdan bir qismi iqlim özgarişiga moslaşiş çoralariga töğri keladi. Şu sababli COP30 konferensiyasining moslaşiş uçun ajratiladigan moliyalaştiriş hajmini uç barobar oşirişga qaratilgan çaqiriği Özbekiston uçun bevosita amaliy ahamiyatga ega. Biroq mablağ jalb etiş puxta işlab çiqilgan loyihalarni taklif qila olişga boğliq. Şu jihatdan mamlakatning BRIDGE taşabbusi doirasidagi dastlabki tajriba-sinov iştirokçilari qatoriga kirişi milliy majburiyatlarni aniq investitsiyaviy yeçimlarga aylantiriş imkonini beradi.
Mintaqaviy yönaliş ham muhim ahamiyatga ega. Iqlim migratsiyasi böyiça “Ipak yöli deklaratsiyasi”ni qabul qiliş taşabbusi BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida boşlangan saʼy-harakatlarning davomi bölib, Markaziy Osiyo uçun tobora dolzarb tus olayotgan muammoni xalqaro darajaga olib çiqadi. Bu Özbekistonning mintaqa uçun umumiy kun tartibini şakllantiruvçi mamlakat sifatidagi örnini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Turkiyaning raisligi ham muayyan ahamiyat kasb etadi. Anqaraning ustuvor yönalişlari, avvalo, çiqindisiz iqtisodiyot va “yaşil” energetika Özbekistonning milliy loyihalari bilan hamohangdir. Bu ikki mamlakat örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklikni ekologiya sohasidagi yangi hamkorlik yönalişlari bilan boyitiş uçun şaroit yaratadi.
Şunday qilib, COP31dagi iştirok Özbekiston uçun iqlim diplomatiyasini mustahkamlaşning muhim vositasiga aylanmoqda. Konferensiya mamlakatga içki islohotlar natijalariga tayaniş, Markaziy Osiyo manfaatlarini ilgari suriş hamda avval bildirilgan taşabbuslarni aniq loyihalar va moliyaviy yeçimlarga aylantiriş imkonini beradi. Bu Özbekistonning xalqaro maydonlardagi mavqeini mustahkamlaş hamda barqaror rivojlaniş böyiça global kun tartibida mintaqaning rolini oşirişga xizmat qiladi.
Madinabonu QAYUMOVA,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
SMTI yetakçi ilmiy xodimi.
ÖzA