Ertaga chempionat bahslari nihoyasiga yetadi
FOTOREPORTAJ
Gandbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan mamlakat chempionati bahslarining birinchi davrasi nihoyasiga yetmoqda.
Kecha kunning birinchi yarmida poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da ayollar jamoalari navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi: Namangan – RANCH (Xorazm) 35:41, Navoiy – Toshkent shahri 22:31, OKMK (Toshkent viloyati) – Samarqand 35:26, Jizzax – ROPSTTM (Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi) 27:32.
Erkaklar jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar ham keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Undagi natijalar bilan tanishing: Qo‘qon davlat universiteti – Toshkent shahar 25:37, Navoiy viloyati – “Ma’mun” (Xorazm) 18:29, Buxoro davlat universiteti – Termiz davlat universiteti 16:31, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – OKMK (Toshkent viloyati) 30:31.
[gallery-27892]
Mamlakat chempionatining birinchi davra bahslari ertaga – 28-fevral kuni nihoyasiga yetadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA