Eronlik tadbirkor Farg‘onani tanladi
Farg‘ona viloyati xorijiy investitsiya jalb qilish bo‘yicha mamlakatda yetakchilardan biriga aylandi. Agar 2025-yilda jami 3,7 mlrd, shundan 2,5 mlrd dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lsa, bu yil bu raqam 4,2 mlrd dollarga yetishi kutilyapti. Hech shubha yo‘qki, bu marra egallanadi. Farg‘ona viloyatiga kun sayin xorijdan investorlar kelishi ko‘payib bormoqda. Bugun Farg‘onaga Turkiya, Rossiya, Tojikiston va Eron investorlari o‘z loyihalari bilan kelmoqdalar.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumanida eronlik investor Mustafo Xusayn Pularab bilan uchrashdi. Unda Beshariq tumanida sanoat, infratuzilma va logistika sohalarida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

– O‘zbekiston xorijiy investitsiya kiritishga eng qulay mamlakatga aylandi, – deydi Eron Respublikasi investori Mustafo Xusayn Pularab. – Men bu yerda Eronning “Bunyodi Mustazafgan” kompaniyasi nomidan investitsion loyihalar bilan keldim. Xususan, qishloq xo‘jaligi va Beshariq tumanida parrandachilik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni taklif etdim. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov janoblari bizni qo‘llab quvvatlashlarini bildirdilar. Shunday qilib, tez kunlarda kompaniya mutaxassislari Farg‘onaga keladilar va biz amaliy ishni boshlaymiz.
<iframe width="1493" height="840" src="https://www.youtube.com/embed/VGzxLKrUN2M" title="Eronlik tadbirkor Farg'onani tanladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(video,surat),
O‘zA