Eronda ko‘ngillilar armiyasi tuzilmoqda
"APA" nashri yozishicha, Eronda mamlakatni ehtimoliy AQSH hujumidan himoya qilishga qaratilgan mingdan ortiq ko‘ngillilar bataloni tashkil etiladi.
Ta’kidlanishicha, Islom Respublikasining har bir fuqarosi tashabbusda ishtirok etib, mamlakat mudofaasi uchun ko‘ngilli sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Kelib tushgan murojaatlar soni juda ko‘p bo‘lgani sababli, tashkilotchilar mingdan ortiq batalon tuzishga qaror qilgan.
Xabarga ko‘ra, hozirga qadar 31,5 milliondan ortiq ariza qabul qilingan. Ro‘yxatdan o‘tgan ko‘ngillilar 15-sentabrdan keyin harbiy tayyorgarlik hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus kurslarda ishtirok etadi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA