Eron Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston mudofaa kelishuvini olqishladi
Eron Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasidagi mudofaa kelishuvini olqishladi, deb xabar berdi Turkiyaning TRT kanali.Tehron bu kelishuv mintaqadagi davlatlarning AQSHga munosabati o‘zgarayotganini ko‘rsatishini va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qilishi mumkinligini bildirdi.
Tehron ushbu kelishuv mintaqadagi davlatlarning AQSHga munosabati o‘zgarayotganini ko‘rsatishini ta’kidladi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibining vakili Ismoil Bag‘oi haftalik matbuot anjumanida: «Mintaqa davlatlari xavfsizlik yolg‘on vositachilardan sotib olinadigan tovar emasligini tushunib yetdi», — dedi.
Bag‘oi, shuningdek, yangi mudofaa ittifoqi Eronga qarshi qaratilganidan xavotirlanish uchun Tehronda hech qanday asos yo‘qligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqaning geosiyosiy va tarixiy voqeliklariga asoslangan, barcha tomonlarni qamrab oladigan hamda raqib va tahdidlarni to‘g‘ri belgilaydigan har qanday reja mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga yordam berishi mumkin.
Bag‘oining ta’kidlashicha, bunday kelishuv Eron Isroil va uning ittifoqchilari bilan bog‘liq deb hisoblaydigan beqarorlik va turli harakatlarning oldini olishga ham yordam berishi mumkin.
<iframe width="458" height="815" src="https://www.youtube.com/embed/2HfpbFhUCXg" title="Eron Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston mudofaa kelishuvini olqishladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA