Erling Xoland: Biz hali ham yosh jamoamiz
Bu shunchaki ishonch emas, balki biz qanday holatda ekanimizni ham ko‘rsatdi.
Norvegiya terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi hujumchisi Erling Xoland jahon chempionati oldidan "vikinglar"ning holati haqida gapirdi.
"Birinchidan jamoamiz kuchli tarkibga ega. Biz bir-birimiz bilan ajoyib kuchli jamoamiz. Bizda imkoniyat yaratish va gol urish uchun futbolda zarur bo‘lgan barcha fazilatlar mavjud. Jamoamizga aynan shu kerak edi. O‘ylaymanki, Norvegiya o‘z futbolchilari va ijodkorligi bilan hayratda qoldirmoqda. Menimcha, bizning jamoani kuzatish ham maroqli bo‘lsa kerak.
Saralash bosqichidagi muvaffaqiyatli o‘yin bizga katta ishonch berdi. Bu shunchaki ishonch emas, balki biz qanday holatda ekanimizni ham ko‘rsatdi. Italiyani o‘z uyida mag‘lub etdik. Shunday ekan, ishonch yuqori darajada va muhimi biz hali yosh jamoamiz", - dedi Xoland.
Eslatib o‘tamiz, Norvegiya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Fransiya, Senegal va Iroq bilan kuch sinashadi.