Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanişga çek qöyilmoqda
Energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanişni taʼminlaş, ularning talon-toroj qilinişi va noqonuniy isteʼmolining oldini oliş, şuningdek, aholi va tadbirkorlik subʼektlari örtasida xavfsizlik madaniyatini şakllantiriş muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu borada "Özenergoinspeksiya" tomonidan hududlarda muntazam nazorat va profilaktik tadbirlar ötkazilib, qoidabuzarliklarni aniqlaş hamda ularning oldini olişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, Qarşi va Namangan viloyatlarida elektr energiyasi hamda tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan bölsa, Namangan va Jizzax viloyatlarida energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş, yonğin va is gazidan zaharlanişning oldini oliş böyiça profilaktik işlar olib borilmoqda.
Bu haqda "Özenergoinspeksiya" bölim boşliği Botir Yoqubov quyidagilarni maʼlum qildi:
–Energiya resurslaridan qonuniy va samarali foydalanişni taʼminlaş, isteʼmolçilar tomonidan belgilangan talablarga rioya etilişini nazorat qiliş inspeksiya faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Hududlarda ötkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq qator holatlar aniqlanmoqda.
Xususan, Qarşi şahrida ötkazilgan nazorat tadbirida "B." MÇJga qaraşli elektromobillarni quvvatlaş stansiyasida hisoblagiçga taşqi taʼsir körsatiş orqali elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani maʼlum böldi. Hisob-kitoblarga köra, uşbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 1 milliard 317 million sömlik zarar yetkazilgan.
Şu kabi qoidabuzarlik Namangan viloyatida ham aniqlandi. “Özenergoinspeksiya”, "Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan nazorat tadbirida "M." oilaviy korxonasiga qaraşli binoda loyiha hujjatlarisiz va şartnomasiz gaz tarmoğiga ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi. Natijada gaz taʼminoti korxonasiga 1 milliard 491 million sömlik zarar yetkazilgan.
Albatta, energiya resurslaridan foydalanişda faqatgina qonuniylikka emas, balki xavfsizlik talablariga ham qatʼiy amal qiliş zarur. Şu maqsadda Namangan viloyatidagi ijtimoiy soha obʼektlari, bozorlar, savdo majmualari va umumiy ovqatlaniş şoxobçalarida profilaktik nazorat tadbirlari taşkil etilmoqda.
Jarayonda gaz, suyultirilgan gaz va elektr energiyasidan foydalanişda belgilangan xavfsizlik talablari hamda normativ hujjatlarga rioya etilişi örganilyapti. Şuningdek, gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi, yonğin va elektr qurilmalari bilan boğliq baxtsiz hodisalarning oldini oliş yuzasidan masʼullar va fuqarolarga tuşuntirişlar berilmoqda.
Şu bilan birga, kuz-qiş mavsumida aholi xavfsizligini taʼminlaş, ayniqsa, is gazidan zaharlaniş holatlarining oldini oliş ham eʼtibor markazida. Bu borada “Özenergoinspeksiya” va "Hududgaz Jizzax" gaz taʼminoti filiali hamkorligida Jizzax şahrida profilaktik tarğibot tadbirlari ötkazildi.
Tadbirlar davomida qozonxonalar, aholi gavjum hududlar va xonadonlarda fuqarolarga gaz jihozlaridan töğri va xavfsiz foydalaniş, isitiş moslamalarining texnik sozligini muntazam tekşirib boriş, xonalarni şamollatiş hamda mörilarning holatiga eʼtibor qaratiş yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Şuningdek, is gazining inson hayoti va salomatligi uçun xavfi, uning yuzaga keliş sabablari hamda favqulodda vaziyatlarning oldini oliş çoralari tuşuntirildi.
Asosiy maqsadimiz energiya resurslaridan foydalanişda qonunbuziliş holatlariga yöl qöymaslik, isteʼmolçilarning huquqiy va texnik savodxonligini oşiriş, eng muhimi, inson hayoti va salomatligi xavfsizligini taʼminlaşdan iborat. Şu bois nazorat tadbirlari bilan bir qatorda profilaktik va tarğibot işlarini ham izçil davom ettiramiz.
ÖzA muxbiri
Nasiba Ziyodullayeva
yozib oldi.