Endi fuqaro va tadbirkorlar hokimliklarning hujjatlari ustidan sudga şikoyat qilişi mumkin
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yiğilişida “Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksini tasdiqlaş haqida”gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqildi.
Qayd etilganidek, mazkur hujjat fuqarolar va taşkilotlarning buzilgan yoki nizolaşilayotgan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş bilan boğliq maʼmuriy işlarni sudda körib çiqiş va hal etiş tartibini belgilaydi. Fuqarolarning sudga murojaat qiliş imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Şuningdek, maʼmuriy sudlarning vakolatlari kengaytirilmoqda. Endi fuqaro va tadbirkorlar hokimliklarning normativ-huquqiy hujjatlari ustidan ham maʼmuriy sudga şikoyat qilişi mumkin böladi. Bunday şikoyatlar viloyat darajasidagi sudlarda sudyalar hayʼati tomonidan prokuror iştirokida köriladi.
Şuningdek, maʼmuriy-huquqiy organlar bilan bir qatorda ularning mansabdor şaxslari ham javobgar bölişi mumkinligi tiklanmoqda.

Loyihaga köra, guvoh körsatma berişdan böyin tovlagani uçun emas, yolğon guvohlik bergani uçun javobgarlik belgilanadi.
Muhokamalarda fraksiya aʼzolari qator fikr va takliflar bildirib, qonun loyihasini qöllab-quvvatladi.
Yiğilişda, şuningdek, fraksiya taşabbusi bilan masʼul qömita hamkorligida xorijdagi vatandoşlar va diasporalar bilan aloqalarni rivojlantiriş masalasi yuzasidan Taşqi işlar vaziriga parlament sörovi yuboriş taklifi maʼqullandi.
M.Komilova,
ÖzA