Elov Dilshod Raxmonkulovichning tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Uzun naysimon suyaklar epimetafizlarining impression sinishlarida davolashni optimallashtirish” mavzusida
Elov Dilshod Raxmonkulovichning “Uzun naysimon suyaklar epimetafizlarining impression sinishlarida davolashni optimallashtirish” mavzusidagi 14.00.22 - “Travmatologiya va ortopediya” ixtisosligi, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishining himoyasi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 5 aprel kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100147, Toshkent shahri, Mahtumquli ko‘chasi, 78-uy. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Tel.: (+99871) 233-10-30
e-mail: niito-tashkent@yandex.ru