Legionerlarimiz. «Istiqlol» peshqadam bilan, «Başakşehir» «Çorum» bilan öynaydi
Bugun özbekistonlik futbolçilar töp surayotgan uç klub maydonga tuşadi.
Bugun, 23-noyabr kuni, özbekistonlik futbolçilar töp surayotgan uç klub maydonga tuşadi. «Istiqlol» va «Traktor» Elit Osiyo çempionlar ligasining 5-turida, «Başakşehir» esa Turkiya Superligasining 12-turida bahs olib boradi.
21:00 | «Al-Ayn» – «Istiqlol»
Rustam Aşurmatov va Jaloliddin Maşaripov töp surayotgan «Istiqlol» BAAda Ğarb mintaqasi peshqadamiga qarşi öynaydi. «Al-Ayn» tört öyinning barçasida ğalaba qozonib, 12 oçko bilan 1-örinda bormoqda. Tehron klubi esa 9 oçko bilan 3-örinda.
Ötgan turda «Istiqlol» Qatarning «Al-Şamol» klubini 1:0, «Al-Ayn» esa safarda «Al-Ittihod»ni 4:1 hisobida yengdi. Bugun «Istiqlol» ğalaba qozonsa, oçkolar soni böyiça «Al-Ayn»ga yetib oladi.
21:00 | «Traktor» – «Al-Vasl»
Odiljon Hamrobekov jamoasi Ummonning Maskat şahrida BAAning «Al-Vasl» klubiga qarşi bahs olib boradi. «Traktor» tört uçraşuvdan keyin 2 oçko bilan 13-örinda. «Al-Vasl» uç öyinda 3 oçko jamğarib, 11-örinni egallab turibdi.
«Traktor» ötgan turda «Neftçi» bilan 2:2 hisobida durang öynadi. «Al-Vasl» esa Iroqning «Al-Quvva al-Javiya» klubini 4:3 hisobida mağlub etdi. Bugungi ğalaba «Traktor»ga turnirdagi ilk yutuqni keltiradi va jamoa jadvalda bevosita raqibidan özib ketadi.
22:00 | «Başakşehir» – «Çorum»
Eldor Şomurodov va Abbosbek Fayzullayev jamoasi «Çorum»ni Istanbuldagi «Fatih Terim» stadionida qabul qiladi. «Başakşehir» 17 oçko bilan 9-örinda, «Çorum» esa 16 oçko bilan 11-örinda. Istanbul klubi ötgan turda safarda «Göztepe»ni 2:1 hisobida yenggan, «Çorum» esa uyida «Fenerbahçe»ga 0:5 hisobida yutqazgan edi.
Şomurodov joriy çempionatdagi 11 öyinning barçasini asosiy tarkibda boshlab, 8 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan. Fayzullayev esa 17-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarşi bahsda öng oyoq töpiğidan jarohat olgan.