Alişer Saʼdullayev Jahon banki mintaqaviy direktori bilan uçraşdi
Bugungi kunda yoşlarning salohiyatini röyobga çiqariş, ularni zamonaviy bilim va könikmalar bilan qurollantiriş hamda bandligini taʼminlaş nafaqat davlat taşkilotlari, balki xalqaro moliyaviy institutlarning ham doimiy diqqat-markazida bölib kelmoqda.
Bu boradagi strategik şeriklikni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Saʼdullayev hamda Jahon bankining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Nadji Benxasin örtasida muhim uçraşuv bölib ötdi. Mazkur muloqot Özbekistonda yoşlarga oid davlat siyosatini xalqaro andozalar asosida takomillaştiriş va yirik qöşma loyihalarni hayotga tatbiq etiş yölidagi navbatdagi salmoqli qadam böldi.

Uçraşuv davomida Özbekistonda yoşlarga oid davlat siyosatining ustuvor yönalişlari, agentlik tomonidan amalga oşirilayotgan loyihalar va taşabbuslar taqdimot qilindi.
Xususan, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş, kasbiy tayyorgarlik va zamonaviy könikmalarni şakllantiriş, qişloq hududlarida iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, ijtimoiy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, yoşlar uçun zamonaviy infratuzilma yaratiş, yangi iş örinlarini şakllantiriş va istiqbolli loyihalarni moliyalaştiriş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida 2027-yildan boşlab yoşlar bilan işlaş yönalişida hamkorlikni kengaytiriş hamda yoşlar taşabbuslarini Jahon banki tomonidan moliyaviy qöllab-quvvatlaş imkoniyatlarini birgalikda işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.

Yoşlar işlari agentligi va Jahon banki örtasidagi mazkur muloqot Özbekiston yoşlarining kelajagiga yönaltirilgan uzoq muddatli va strategik hamkorlikning yangi sahifasini oçib beradi. Jumladan, Jahon banki kabi nufuzli xalqaro moliyaviy institutning mamlakatimizdagi yoşlar siyosatiga yuqori baho berişi va uni qöllab-quvvatlaşga tayyorligi amalga oşirilayotgan islohotlarning töğri yönalişda ekanidan dalolat.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA