Ekstremistik ruhdagi jinoyatni sodir etgani uchun xorijda qochib yurgan shaxs ushlandi
Interpolning Toshkent va Varshava shaharlaridagi milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs ekstraditsiya qilindi.
(Ma’lumot uchun: 244-2-moddaning birinchi qismi: diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish).
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgach, ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududini tark etib, uzoq vaqt davomida xorijda yashirinib yurgan. Shu sababli, u Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan.
Interpolning Toshkent va Varshava milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtirilgan harakatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi elchixonasi vakilining bevosita ishtirokida qidiruvdagi shaxsning turgan joyi aniqlandi. Shundan so‘ng xalqaro hamkorlik va ekstraditsiya jarayoni doirasida uning Interpolning O‘zbekistondagi milliy markaziy byurolari xodimlariga topshirilishi ta’minlandi.

Ekstraditsiya ikki davlat vakolatli organlarining samarali hamkorligining navbatdagi natijasi va jinoiy ta’qibdan yashirinib yurgan shaxsni qidirib topish va qaytarish bo‘yicha xalqaro politsiya hamkorligining yuqori samaradorligini yana bir bor tasdiqladi.

Interpolning O‘zbekistondagi milliy markaziy byurosi mamlakat tashqarisiga yashirinishga urinishlar qidiruvdagi shaxslarning qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, jinoiy javobgarlikdan qochish imkonini bermaydi, xalqaro politsiya hamkorligi ularni aniqlash, ushlash va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortish uchun qaytarish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlaydi.
N.Abduraimova, O‘zA