“EKSIM Holding” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida “EKSIM Holding” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ebubekir Tivniklini qabul qildi.
Davlatimiz rahbari uchrashuv avvalida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Muloqot davomida qayta tiklanuvchi energetika, geologiya va tog‘-kon sanoati, infratuzilma, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini tashkil etish va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi loyihalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mamlakatimizda yangi elektr uzatish tarmoqlarini barpo etish, geologiya yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.