Ekoturizmning maqsadi va tamoyillarining xususiyatlari
Zokir Rustamovich SODIKOV Dotsent Iqtisod fanlari nomzodi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Экологик turizm – tabiiy muhitni asrab-avaylash, mahalliy aholining farovonligini oshirish va sayyohlik faoliyatini barqaror rivojlantirishga yo‘naltirilgan turizm shaklidir. Ushbu turizm turi atrof-muhitga minimal salbiy ta’sir ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi va sayyohlarga tabiiy hamda madaniy merosni o‘rganish imkoniyati beriladi. Ekologik turizmning asosiy tamoyillari orasida barqarorlik, biologik xilma-xillikni saqlash, mahalliy jamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash va ekologik ta’lim berish kabi jihatlar ham inobatga olinadi. Ushbu turizm turi nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda keltiradi, balki ekologik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi.
Tayanch so‘zlar: экологик turizm, barqaror rivojlanish, biologik xilma-xillik, ekologik ta’lim, tabiiy muhit, madaniy meros, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil turizm, ekotizim xizmatlari.