Özbekiston va Germaniya: iqtisodiy aloqalar va investor himoyasi kuçaytiriladi
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yaxşilaş, xususiy sektorning huquq va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş hamda biznes yuritişda oçiqlik va şaffoflik tamoyillarini qaror toptiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Uşbu yönalişda xalqaro tajribani örganiş va xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlaş muhim ahamiyat kasb etadi. Şu maqsadda poytaxtimizda ötkazilayotgan V xalqaro «Biznesda halollik» forumi xalqaro va mahalliy ekspertlar, davlat organlari hamda diplomatik korpus vakillarini bir maydonga jamladi.
Mazkur nufuzli anjuman doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil (Biznes-ombudsman) Abdumannop Böriyev Germaniyaning mamlakatimizdagi elçixonasi iqtisodiy masalalar bölimi boşliği va matbuot kotibi Rebekka Dovergne hamda Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Eduard Kinsbruner bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqot davomida Özbekiston va Germaniya örtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlaş, investorlar huquqlarining işonçli himoyasini taʼminlaş hamda şaffof va barqaror işbilarmonlik muhitini rivojlantirişda özaro hamkorlikning ahamiyati taʼkidlandi.

Tomonlar tadbirkorlar huquqlarini himoya qiliş mexanizmlarini takomillaştiriş, davlat va biznes örtasidagi oçiq muloqotni rivojlantiriş hamda ortiqça maʼmuriy tösiqlarni qisqartiriş böyiça qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Şuningdek, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan aloqalarni yanada kengaytiriş, nemis ekspertlari iştirokida amaliy öquv dasturlarini taşkil etiş va korrupsiyaviy xavflarning oldini oliş böyiça tajriba almaşiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uçraşuv yakunida 2027-yilda özaro hamkorlikni yanada kengaytiriş, qöşma taşabbuslarni ilgari suriş va ularni amaliyotga tatbiq etiş rejalari yuzasidan fikr almaşildi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA