Ekologik aksiya: Botanika boği çiqindilardan tozalandi
Özbekiston Ekologik partiyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda Toşkent şahridagi Botanika boğida “Clean-Up Day” ekologik aksiyasini ötkazdi.
Aksiyada 200 dan ortiq talaba köngilli sifatida faol iştirok etdi. Iştirokçilar 20-25 kişidan iborat 10 ta jamoaga bölinib, sardorlar boşçiligida boğ hududini çiqindilardan tozaladi.
Qayd etiş lozimki, bugungi kunda ekologik muammolar kun sayin ortib borayotgan bir paytda atrof-muhitni asraş, yaşil boğlarni köpaytiriş, tabiatga zarar yetkazmaslik dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, çiqindilarni belgilangan joylarga taşlaş, yon-atrofni turli çiqindilar bilan bulğamaslik, atrofimizni ozoda saqlaşga eʼtibor qaratiş kabi oddiy odatlarni kundalik vazifamizga aylantiriş jamiyatda yuksak ekologik madaniyatlilikni şakllantirişda muhim hisoblanadi.

Şu maʼnoda Ekopartiya va talaba-yoşlar iştirokida ötkazilgan ekologik aksiya yoş avlod vakillarida tabiatni seviş hissini uyğotib, ularning ekologik madaniyatini yuksaltirişga xizmat qiladi.

Aksiya davomida köngilli yoşlar tomonidan yiğilgan çiqindilar saralanib, belgilangan joylarga topşirildi.
M.Komilova,
ÖzA